logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning asosiy himoyachisi jarohat oldi

 20 FEVRAL, 2026, 23:12

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen yaqin vaqt ichida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati ma'lumot tarqatdi.

Ispaniyalik futbolchi boldir mushagidan jarohat olgan. Madridliklar rasmiy saytida futbolchining tiklanish muddati bo'yicha aniq ma'lumot berilmagan.

Marca nashrining xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Xyoysenning tez orada safga qaytishiga umid qilmoqda — himoyachi Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika»ga qarshi o'yinga qadar tayyor bo'lishi kutilmoqda. Biroq, La Liga doirasidagi navbatdagi «Osasuna» bilan bahsni u albatta o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda 20 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ