logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» yangi iqtidorni qo'lga kiritdi: «Norvich» yulduzi Kataloniyaga yo'l olmoqda

 20 FEVRAL, 2026, 23:00

«Barselona» «Norvich»ning 16 yoshli qanot hujumchisi Adjay Tavares bilan mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, angliyalik iqtidor yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar safiga qo'shiladi.

Yosh vingerga Germaniyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirgan edi, biroq Tavares «ko'k-anorranglilar» loyihasini tanladi.

Hozirda futbolchi «Norvich»ning yoshlar jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U «kanarlar»ning asosiy jamoasida hali debyut qilganicha yo'q. Joriy mavsumda Tavares 11 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo hozircha samarali harakatlarni (gol yoki pas) amalga oshira olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ