logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisiusni «maymun» deb haqorat qilganlar topildi

 20 FEVRAL, 2026, 22:42

«Benfika» xodimlari Chempionlar ligasining «Real Madrid»ga qarshi kechgan birinchi pley-off o'yini (0:1) videoyozuvlarini tahlil qilib, bahs davomida irqchilik ishoralarini ko'rsatgan muxlislar shaxsini aniqlashdi. Bu haqda A Bola nashrining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning ikkinchi bo'limida «qaymoqranglilar»ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» yarim himoyachisi Janluka Prestianni uni «maymun» deb haqorat qilganini aytganidan so'ng o'yin to'xtatilgan edi. O'sha vaziyatda futbolchilar yuzlarini qo'llari va liboslari bilan to'sib olishgani sababli, hujumchining so'zlarini tekshirish qiyinchilik tug'dirdi.

Keyinroq Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ushbu holat bo'yicha intizomiy surishtiruv boshlanganini e'lon qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ