logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa UEFAdan irqchilik uchun qat'iy jazo talab qildi

 20 FEVRAL, 2026, 22:24

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika»ga qarshi o'yinda (0:1) Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik qilgan shaxslarga nisbatan UEFA qat'iy chora ko'rishi shartligini ta'kidladi. Avvalroq Lissabon klubi hujumchisi Janluka Prestianni braziliyalik futbolchini irqiy kamsitgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Endi hammasi UEFAning qo'lida. Irqchilikka qarshi kurash shunchaki quruq gap emasligini ko'rsatadigan vaqt keldi. Ular ko'p yillardan beri bu borada yaxshi ishlashmoqda.

UEFA qanday munosabat bildirishi kerakligini hal qilish mening vakolatimga kirmaydi. Ammo sanktsiyalar qo'llanilishi shart deb hisoblayman. Bizda ushbu illatga chek qo'yish uchun burilish nuqtasini yasash imkoniyati bor. Futbol qanchalik ehtiroslarga boy o'yin ekanligini bilamiz, lekin sodir bo'lgan voqeani aslo qabul qilib bo'lmaydi», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi AS nashri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ