Ronaldu va Messi bilan bir qatorda: Vinisiusning yangi rekordi
20 FEVRAL, 2026, 22:18
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasida 30 ta gol va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan beshinchi futbolchiga aylandi. Pley-off bosqichining ilk uchrashuvida «Benfika» darvozasiga kiritilgan gol (0:1) braziliyalik uchun musobaqadagi 31-gol bo'ldi. Ushbu natijaga erishish uchun vingerga 77 ta o'yin kifoya qildi.
Chempionlar ligasi tarixida bunday ko'rsatkichga erishgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha:
Futbolchi Gollar Assistlar O'yinlar soni Krishtianu Ronaldu 140 42 183 Lionel Messi 129 40 163 Tomas Myuller 57 30 163 Neymar 43 33 81 Vinisius Junior 31 30 77Vinisius faoliyati davomida ikki marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan. U har ikkala sovrinni ham «Real» tarkibida qo'lga kiritgan.
