logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

OKMK serbiyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

 20 FEVRAL, 2026, 20:06

Olmaliqning OKMK FK jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Serbiyalik hujumkor yarim himoyachi Urosh Koyich bilan rasman shartnoma imzolandi. Klub va futbolchi o'rtasidagi hamkorlik kelishuvi «2+1» tizimida rasmiylashtirildi.

22 yoshli yangi futbolchimiz asosan Serbiya chempionatlarida toblangan bo'lib, faoliyati davomida «Borats», «Indjiya» va «Loznitsa» kabi klublar sharafini himoya qilgan. U professional darajada jami 87 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

Shuningdek, Urosh Koyich professional faoliyatiga qadar «Vojdovats U-19» jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.

Ushbu transfer OKMKning kreativ chizig'ini kuchaytirish hamda hujumkor salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ