logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pep «Siti»ning imkoniyatlarini baholashga shoshilmayapti

 20 FEVRAL, 2026, 19:12

Xosep Gvardiola matbuot anjumanida kutilganidek «Arsenal» bilan chempionlik poygasi haqidagi savollarga javob berdi. «Manchester Siti» raqobatchisidan besh ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bitta o'yini bor.

«Avval aytganimdek, 12 ta o'yin — bu juda ko'p. Men faqat «Nyukasl»ga qarshi bahs haqida o'ylayapman. Liga Kubogi finali yaqinlashganda «Arsenal» haqida o'ylab ko'rarmiz. Hozir esa bor e'tiborimiz — «Nyukasl»da. Keyin dam olamiz va undan so'ng «Lids» haqida bosh qotiramiz.

Jurnalist sifatida sizni tushunaman, nima sodir bo'lishini oldindan taxmin qilmoqchisiz. Ammo biz uchun hozir faqat «Nyukasl»ga qarshi o'yin ahamiyatga ega.

Dekabr oyi oxiriga qaraganda chempionlik imkoniyatlarimiz oshdimi? Rostini aytsam, bilmayman. Qolgan 12 ta o'yinda nimalar bo'lishidan xabarim yo'q», — dedi Gvardiola.

«Manchester Siti» shanba kuni o'z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ