logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Jamiyatdagi eng muhim insonlar murabbiylar emas, o'qituvchilar va shifokorlar bo'lishi kerak»: Gvardiola irqchilikka qarshi kurashda maktablarning rolini ta'kidladi

 20 FEVRAL, 2026, 19:06

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Vinisius Junior bilan bog'liq mojarodan so'ng futboldagi irqchilik muammosi haqida gapirdi. «Real» futbolchisi «Benfika» a'zosi Janluka Prestiannini irqiy haqoratlarda ayblagan, UEFA esa ushbu holat bo'yicha tergov boshlagan edi.

«Yaqinda ham aytgandim: tug'ilgan joyimiz yoki terimizning rangi bizni yaxshiroq yoki yomonroq qilmaydi. Bu nafaqat futbolning, balki butun jamiyatning muammosi. Hali qilinadigan ishlar ko'p. Irqchilik faqat teri rangida aks etmaydi. U o'zingizni turli sabablarga ko'ra boshqalardan ustun yoki pastroq deb hisoblaganingizda ham namoyon bo'ladi.

Vaziyatni qanday yaxshilash mumkin? Maktablar orqali. O'qituvchilarga sarmoya kiritish kerak. Bu illatga mana shunday kurashiladi — futbolda emas, maktablarda. Jamiyatdagi eng muhim insonlar murabbiylar emas, o'qituvchilar va shifokorlar bo'lishi kerak», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

«Manchester Siti» shanba kuni Premer-liga doirasida «Nyukasl»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ