logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gavi qaytish uchun yana bir qadam tashladi

 20 FEVRAL, 2026, 16:36

Yarimhimoyachi Gavi yozdan beri "Barselona"da o'ynamadi. O'shanda futbolchi tizzasidagi muammo tufayli operatsiya qilingan va tiklanishni boshlagan. Mana endi Gavi safga qaytishga yaqinlashmoqda.

Juma kuni Gavi umumiy guruhda qisman shug'ullana boshladi, deb xabar beradi Mundo Deportivo. Bu juda ijobiy alomat, ammo 21 yoshli xavbekning maydonga qaytish arafasida ekani haqida gapirishga hali erta.

Gavi "Barselona"ning asosiy jamoasi safida jami 155 ta o'yin o'tkazgan. Ularda yarim himoyachi o'z hisobiga 10 ta gol va 18 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Barselona" La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ