logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Mourinoni tanqid qildi

 20 FEVRAL, 2026, 16:24

Lissabondagi Chempionlar ligasi o'yini janjal keltirib chiqardi. Vinisius Junior Janluka Prestianini irqchilikda aybladi. "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino o'yindan keyin klub ramzi qora tanli futbolchi - Eysebio ekani haqida gapirdi. Shuningdek, portugaliyalik golni juda provokatsion tarzda nishonlagani uchun Vinisiusni aybladi. "Bavariya" ustozi Vensan Kompanining fikricha, Mour nohaq bo'lgan.

"Mourino aslida Vinisiusning fe'l-atvoriga hujum qildi, o'sha lahzada qilgan ishini obro'sizlantirish uchun uning bayram qilish uslubi haqida gapirdi. Bu juda katta xato edi. Qolaversa, Mourino Eysebioni ham tilga oldi. Uning so'zlariga ko'ra, "Benfika" Eysebio tufayli irqchi bo'lishi mumkin emas. 60 yillarda qora tanli futbolchilar nimalarni boshdan kechirganini bilasizmi? U Eysebio bilan safar o'yinlariga borgan va uning nimalarni boshdan kechirayotganini ko'rganmi? Bugun Vinisiusga tanbeh berish uchun uning ismini ishlatish noto'g'ri.

Men Mourino bilan ishlagan va u haqida hech qanday yomon gap eshitmagan yuzlab odamlar bilan uchrashdim. Uni barcha futbolchilar yaxshi ko'rishadi. U o'z klubi uchun kurashayotganini tushunaman, u yaxshi inson. Ammo u xatoga yo'l qo'ydi", - dedi Kompani jurnalistlarga.

"Bavariya" shanba kuni "Ayntraxt"ni qabul qiladi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ