logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Prestiannining so'zlari haqida: "Mbappe eshitdi, Vinisius esa munosabat bildirdi"

 20 FEVRAL, 2026, 15:48

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Vinisius Junior va Janluka Prestianni o'rtasida yuz bergan mojaroli vaziyat haqida o'z fikrini bildirdi.

«Real» vingeri Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda (1:0) «Benfika» hujumchisini uni «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblagan edi. Argentinalik futbolchi gapirayotganda og'zini libosi bilan yopib olgan, bu esa lablardan o'qish imkoniyatini yo'qqa chiqargan. Uchrashuvni Fransua Letekse boshqarib borgan edi.

«Bu murakkab mavzu. Men o'yinni kuzatdim va vaziyat meni qiziqtirib qoldi. Bu voqeada uchta turli qism bor: birinchidan, maydonda nima sodir bo'ldi; ikkinchidan, muxlislar bilan bog'liq vaziyat; va nihoyat, o'yindan keyingi holat. Biz ularni alohida ko'rib chiqishimiz kerak.

Vaziyatning o'ziga va Vinining reaktsiyasiga qarasangiz, bu soxta bo'lishi mumkin emasligini tushunasiz. Bu haqiqiy emotsional reaktsiya ekanligi ko'rinib turibdi. Uning hakam oldiga borib, o'ziga shuncha azobni orttirib olishidan hech qanday manfaat ko'rmayapman. O'sha soniyada u to'g'ri yo'l tutganini anglab etgandi.

Kilian Mbappe odatda doim diplomatik tarzda gapiradi, lekin bu safar nimani ko'rgan va eshitgan bo'lsa, juda aniq ifodalab berdi. Shuningdek, nima deganini futbolkasi ortiga yashirgan «Benfika» o'yinchisi ham bor. Stadionda odamlar «maymun» ishoralarini ko'rsatayotgani esa videolarda ham aks etgan», — dedi Kompani.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ