logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bonuchchi murabbiy bo'lmoqchi

 20 FEVRAL, 2026, 13:54

«Yuventus» va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi murabbiylik sohasida o'zini sinab ko'rmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

U o'z faoliyati davomida birga ishlagan mutaxassislarning o'ziga xos jihatlari haqidagi savolga javob berdi.

«Menimcha, Allegri intuitsiya (ichki sezish) borasida eng zo'ri. U ko'pincha futbolchilarning xarakterli xususiyatlarini payqar va ularni o'sha paytda bema'nidek tuyulgan, ammo yakunda daholik bo'lib chiqadigan pozitsiyalarga qo'yardi. Shuningdek, Allegri futbolchilar bilan muloqot qilishda ham fenomenal qobiliyatga ega: u hech qachon yomon gap gapirmaydi va nolimaydi.

Umuman olganda, taktika haqida gapiradigan bo'lsak, Antonio Konte menda eng katta taassurot qoldirgan. «Yuventus»ga kelganida u 4-2-4 chizmasidan boshlagan, keyin 4-3-3 ga, so'ngra biz yoddan biladigan 3-5-2 tizimiga o'tgan edi», — dedi Bonuchchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ