logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius va Prestianni mojarosi: Diuf braziliyalik yulduz tomonida

 20 FEVRAL, 2026, 13:42

«Liverpul» va Senegal terma jamoasi sobiq hujumchisi El-Xadji Diuf Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika»ga qarshi o'yinda yuz bergan mojaroda Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi.

Vinisius Lissabon klubining argentinalik himoyachisi Janluka Prestianni tomonidan irqiy kamsitilishga uchraganini da'vo qilmoqda. «Benfika» esa o'z futbolchisiga qo'yilayotgan barcha ayblovlarni inkor etmoqda.

«U jamiyatga ta'sir qiladigan narsalar haqida gapirmoqda. Jamiyatga esa aynan u kabi kuchli insonlar ko'proq kerak», — deya Diufning so'zlarini keltiradi Telecom Asia.

Uchrashuv 1:0 hisobida «Benfika» foydasiga hal bo'lgan edi. Avvalroq, agar aybi isbotlansa, Prestianni 10 ta o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ