logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» va «Everton» sobiq futbolchisi Amerika klubiga o'tdi

 20 FEVRAL, 2026, 13:36

32 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh faoliyatini okean ortida davom ettiradi. Tajribali futbolchi erkin agent sifatida «Kolambus Kryu» safiga qo'shildi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gomeshning Amerika jamoasi bilan imzolagan shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Kelishuvda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi ham ko'zda tutilgan.

Andrening oxirgi ish joyi Frantsiyaning «Lill» klubi edi. Yarim himoyachi jamoani fevral oyida tark etgan. Liga 1’ning joriy mavsumida Gomesh atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.

Evropada portugaliyalik xavbek «Benfika», «Valensiya», «Barselona» va «Everton»dagi ishtiroklari bilan tanilgan. Portugaliya terma jamoasi safida esa u 29 ta o'yin o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ