logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lineker Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

 20 FEVRAL, 2026, 12:06

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker UEFA Chempionlar ligasining dastlabki o'tish o'yini doirasidagi Lissabonning «Benfika» va Madridning «Real» klublari o'rtasidagi bahsda yuz bergan mojaroga munosabat bildirdi. Uchrashuv davomida «qaymoqranglilar» hujumchisi Vinisius Junior irqchilik ruhidagi haqoratlarga duchor bo'ldi.

«Vinisius ajoyib gol urdi va uni nishonlay boshladi. Shundan so'ng, uning so'zlariga ko'ra, «Benfika» futbolchisi braziliyalikni haqorat qilgan. Buni isbotlash oson bo'lmaydi, ammo irqchilikning har qanday ko'rinishi o'yinga yomon ta'sir qiladi. Bu allaqachon futbol doirasidan chiqib ketmoqda», — dedi ekspert «The Rest is Football» yutub-kanalida.

Match «Real»ning 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi bilan yakunlandi. Javob uchrashuvi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ