logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» «Bude-Glimt» maydoni holatidan UEFAga shikoyat qildi

 20 FEVRAL, 2026, 11:30

«Inter» Chempionlar ligasining dastlabki o'tish o'yinida «Bude-Glimt»ga imkoniyatni boy bergach (1:3), Norvegiya klubining sun'iy maydoni holatidan noroziligini bildirdi.

Milan klubining hisoblashicha, raqib arenasidagi gazon sifati eng nufuzli evrokubok turniri standartlariga «yaqin ham kelmaydi». O'yindan oldin kuzatilgan noqulay ob-havo tufayli stadiondan 80 tonna qor chiqarib tashlangan, natijada maydon chetlarida to'liq bartaraf etilmagan burmalar va botiqlar hosil bo'lgan. Qor yog'ishidan avval ham «Inter» o'z futbolchilarining xavfsizligidan xavotirlanib, UEFAga norasmiy tarzda shikoyat qilgan edi.

Yakunda «neradzurrilar» hujumchisi Lautaro boldir mushagidan jarohat olib, 61-daqiqada zaxiraga olindi, o'yin oxirida maydonga tushgan yarim himoyachi Pyotr Zelinski ham shikastlandi. Ehtiyot chorasi sifatida «Inter» yarim himoyachilari Davide Frattezi va Xakan Chalxanoglu ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ