logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem»ning yangi murabbiyi kim bo'ladi? Ikki asosiy nomzod ma'lum

 20 FEVRAL, 2026, 11:24

Kelasi yozda «Tottenxem»da yana murabbiy almashishi kutilmoqda. Fevral oyida Tomas Frank iste'foga chiqarilib, o'z lavozimini tark etgan edi. Daniyalik mutaxassisning o'rnini mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik boshqaruvchi sifatida tayinlangan Igor Tudor egalladi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar»ning yangi doimiy murabbiyi bo'lishga ikki asosiy nomzod bor — Maurisio Pochettino va Roberto de Dzerbi.

Argentinalik mutaxassis ayni damda AQSh terma jamoasini boshqarmoqda, biroq u JCh-2026 dan so'ng darhol «Tottenxem»ga qaytishga tayyorligini ma'lum qilgan. London klubi vakillari 53 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda.

De Dzerbi esa shu oyda «Marsel»ni tark etdi. Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik murabbiy yana Premer-ligada o'z kuchini sinab ko'rmoqchi. «Tottenxem» uning nomzodini bundan ikki yil oldin ham ko'rib chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ