logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kubarsi: "O'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarni ortda qoldirish qiyin bo'ladi"

 20 FEVRAL, 2026, 07:00

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoaning joriy mavsumdagi istiqbollari haqida gapirdi.

"Ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsumni La Liga, Ispaniya kubogi va mamlakat Superkubogi g'olibi sifatida yakunladi. Joriy mavsumda jamoa yana Superkubokni qo'lga kiritdi, ammo Kubokni tark etish arafasida turibdi: Madridning "Atletiko" klubi bilan birinchi yarim finalda 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

"O'tgan mavsum ajoyib o'tdi, bu mavsumni unchalik zo'r boshlamadik, ammo tezlashib, Superkubokni qo'lga kiritdik. Ha, o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarni ortda qoldirish qiyin bo'ladi, ammo biz "Barsa"miz. Oxirigacha kurashamiz", - deya Kubarsining so'zlarini keltiradi ispan OAV.

La Ligada Hans-Diter Flik jamoasi Madridning "Real" klubidan 2 ochko ortda qolib, 2-pog'onada bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ