logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gyottse «Ayntraxt»da qolishi mumkin, ammo bitta shart bilan

 19 FEVRAL, 2026, 22:30

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi 33 yoshli yarim himoyachisi Mario Gyottse «burgutlar» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, avvalroq to'xtab qolgan muzokaralar mart oyidan kechiktirilmagan holda qayta tiklanadi.

«Hozirgi vaqtda barcha alomatlar, hatto Albert Riera bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin ham, shartnoma uzaytirilishiga ishora qilmoqda. Gyottse Frankfurtda qolish istagida, biroq 33 yoshli futbolchi maoshining kamayishiga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi», — deb yozadi nashr.

Eslatib o'tamiz, Gyottse joriy mavsumda «Ayntraxt» safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Marioning klub bilan amaldagi kelishuvi shu mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ