logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Militao qachon safga qaytadi? «Real» himoyachisining tiklanish muddati ma'lum bo'ldi

 19 FEVRAL, 2026, 21:42

«Real» himoyachisi Eder Militao mushaklaridagi jarohat sababli jamoa lazaretida qolmoqda. Braziliyalik himoyachi so'nggi bor dekabr oyining boshida maydonga tushgan edi.

AS nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, «Real» Militaoning aprel oyida safga qaytishini kutmoqda. Shu tariqa, 28 yoshli braziliyalik futbolchi mavsumning hal qiluvchi pallasida jamoasiga yordam berishi kerak bo'ladi.

O'tgan tur natijalariga ko'ra, «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Madridliklar ikkinchi o'rindagi «Barselona»dan ikki ochko oldinda borishmoqda.

Hozirda «Real» safarda «Osasuna»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uchrashuv shanba kuni, 21 fevral sanasida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ