logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jasur Yaxshiboev Superligaga qaytmoqda - manba

 19 FEVRAL, 2026, 17:06

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Jasur Yaxshiboev yana Superligamizga qaytish arafasida turibdi. Uzbekistan Legionaries xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Yaxshiboev 2025 yilning 1 yanvarida Eronning «Nassajiy» klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq qo'shni mamlakatdagi faoliyati kutilganidek chiqmadi. Klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli, futbolchi 2025 yilning 1 iyul kuni erkin agentga aylangan va shundan buyon jamoasiz yurgan edi.

Endilikda Jasur «temiryo'lchilar» safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilishi va yil yakuniga qadar mo'ljallangan bitimga qo'l qo'yishi kutilmoqda. Ushbu transfer «Lokomotiv»ning hujum chizig'ini kuchaytirishi shubhasiz. O'z vaqtida «Sherif» safida «Real Madrid» darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi uchun bu o'z darajasiga qaytish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.

Yaxshiboev "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida OKMK, SKA-1938 Minsk (Belarus), "Shaxtyor Soligorsk" (Belarus), "Legiya" (Polsha), "Sheriff" (Moldova), "Navbahor" va "Ordabasi" (Qozog'iston) kabi klublarda ham o'ynagan. U jami 173 ta o'yinda 41 ta gol urib, 22 ta assist amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ