Flik Dekuga germaniyalik himoyachini "Real"dan oldin qo'lga kiritish kerakligini aytdi
19 FEVRAL, 2026, 16:24
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining himoya chizig'idagi harakatlaridan norozi. Germaniyalik mutaxassis mudofaa chizig'i qayta qurilishga muhtoj deb hisoblaydi.
The Touchline nashrining xabar berishicha, Flik «Barselona» rahbariyatidan «Borussiya» himoyachisi Niko Shlotterbek uchun transfer bozorida kurashishni talab qiladi. «Ko'k-anorranglilar» ustozi bu boradagi o'z pozitsiyasini sport direktori Dekuga etkazadi.
Bu vaziyatdan «Real» jabr ko'rishi mumkin — so'nggi paytlarda Madrid grandi Shlotterbek bilan faol bog'lanmoqda.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Niko Shlotterbekning transfer qiymatini 55 million evroga baholamoqda.
