"Barselona" "yuragi" mashg'ulotlarga qaytdi
19 FEVRAL, 2026, 16:06
"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri salkam 1 oylik tanaffusdan so'ng yana umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
23 yoshli ispaniyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatini davoladi. U yakshanba kungi "Levante"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi va 15-20 daqiqa o'yin amaliyoti olishi kutilmoqda.
Pedri bu mavsumda jami 25 ta o'yinda 2 ta gol urib, 8 ta assist muallifi bo'ldi.
