logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xulian Alvares va «Atletiko» o'rtasida nizo: Hujumchi jamoani tark etmoqchi

 19 FEVRAL, 2026, 12:36

Madridning «Atletiko» klubi va jamoaning yulduz hujumchisi Xulian Alvares o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Klub argentinalik futbolchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi. Biroq, TopSkills Sports UK nashrining xabar berishicha, futbolchining o'zi kelayotgan yozda jamoani tark etish niyatida.

Qayd etilishicha, Alvaresga hamon «Chelsi», «Arsenal» va «Barselona» klublari da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi qaysi klubga o'tish borasida hali bir qarorga kelgani yo'q.

Avvalroq, Alvaresning «Atletiko»dan boshqa jamoaga transferi 100 million evroni tashkil qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ