logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" Chempionlar Ligasida so'nggi 12 yildagi antirekordni o'rnatdi

 19 FEVRAL, 2026, 12:30

Milanning «Inter» klubi Chempionlar ligasi doirasida «Budyo-Glimt»dan kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi (1:3).

«Neradzurri» pley-off bosqichining o'tish raundi dastlabki uchrashuvida Norvegiyada imkoniyatni boy berdi. Italiya grandi Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ketma-ket to'rtta o'yinda uchta va undan ortiq gol o'tkazib yuborgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi. Bundan oldin milanliklar finalda «PSJ»dan beshta gol o'tkazishgan, shuningdek, o'tgan mavsumning yarim finalida «Barselona»ga ikki marta uchtadan gol urish imkonini berishgan edi. Ushbu antirekord Leverkuzenning «Bayer» klubiga tegishli — ular 2005 yildan 2014 yilgacha bo'lgan davrda ketma-ket beshta o'yinda shunday natija qayd etishgan.

«Inter» va «Budyo-Glimt» o'rtasidagi javob uchrashuvi kelasi seshanba, 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ