logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

0:4 — hali yakun emas: Kubarsi «Atletiko» bilan javob o'yini haqida gapirdi

 19 FEVRAL, 2026, 12:24

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi qarama-qarshilik taqdiri hali hal bo'lmagan deb hisoblaydi.

«Ko'k-anorranglilar» safarda «matraschilar»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Javob o'yini 3 mart kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi.

«Jamoamiz kambeklarga ishonadi. Biz o'yin taqdirini o'zgartira olishimizni allaqachon isbotlaganmiz va buni yana takrorlashga harakat qilamiz. Bor kuchimizni berishimiz va bizni hech qachon yolg'iz qoldirmaydigan muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashidan foydalanishimiz kerak», — deya «Barca Universal» Kubarsining so'zlaridan iqtibos keltiradi.

Javob uchrashuvi oldidan «Barselona» La Liga doirasida «Levante» (22.02) va «Vilyarreal» (28.02) jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ