logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Rekordlar menga tegishli»: Jon Terri o'zini Van Deyk bilan solishtirayotganlarga javob qaytardi

 19 FEVRAL, 2026, 12:24

Angliyalik afsonaviy sobiq himoyachi Jon Terri Virjil van Deykning o'zi bilan qiyoslanishi haqida nima deb o'ylashini aytib berdi.

«Liverpul»ning amaldagi sardori, xuddi ko'p yillar davomida «Chelsi»da to'p surgan ingliz himoyachisi kabi, Premer-liga tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar qatoriga kiritiladi.

«Har kimning o'z fikri bor, lekin u statistika bilan asoslanishi kerak. Himoyachilar o'rtasida urilgan gollar va "quruq" o'yinlar soni bo'yicha rekordlar menga tegishli. Shuningdek, 34 yoshimda, Mourino qo'l ostidagi 2014/15 yilgi chempionlik mavsumida biror daqiqani ham o'tkazib yubormaganman», — deya «Topskills Sports UK» Terrining so'zlarini keltiradi.

Virjil van Deyk 2018 yil boshidan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u «Sautgempton»da o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ