logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta davrining yakuni: «Arsenal» murabbiyligiga to'rt nomzod

 19 FEVRAL, 2026, 12:06

Londonning «Arsenal» klubi 2019 yildan beri murabbiylar shtabida o'zgarishlarni amalga oshirmadi, biroq so'nggi paytlarda Mikel Artetaning ehtimoliy iste'fosi haqida faol mish-mishlar yuribdi. Aytishlaricha, agar «kanonirlar» yana chempionlik unvonini qo'lga kirita olmasalar, mavsum yakunida murabbiy ishdan bo'shatiladi. «Stadion.uz» ispaniyalik mutaxassis o'rnini kimlar egallashi mumkinligi haqida mulohaza yuritadi.

Xabi Alonso


Agar Alonso Madridning «Real» klubida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa, bu uning boshqa klublarda ham ishi yurishmaydi degani emas. «Arsenal» ispaniyalik uchun «Real»dan ko'ra ko'proq mos keladigan loyihadek ko'rinmoqda. Tajriba shuni ko'rsatadiki, «qirollik klubi»da taktik moslashuvchanlikdan ko'ra ko'proq tajriba, xarizma va nufuz muhimroq rol o'ynaydi. «Arsenal» esa aynan uslub va intizom haqidagi klubdir. Bundan tashqari, Alonsoning Leverkuzenning «Bayer»idagi ajoyib ishi hali ham yodimizda — o'shanda nemis jamoasi butun mavsum davomida faqat bir marta mag'lubiyatga uchragan edi.

Sesk Fabregas


38 yoshli ispaniyalik Evropa maydonlaridagi eng istiqbolli murabbiylardan biri hisoblanadi. Fabregas qo'l ostida Italiyaning «Komo» klubi yildan-yilga yangi bosqichga chiqmoqda. O'tgan mavsum «Komo» uchun elit divizionga qaytganidan keyingi birinchi mavsum bo'lgan bo'lsa, hozirda jamoa evrokuboklarga yo'llanma olish uchun faol kurashmoqda. Fabregasga «Barselona» allaqachon ko'z tikkan. Biroq, Fabregas faoliyatining katta qismini «Arsenal»da o'tkazgan, shu sababli uning ingliz grandiga tayinlanishi mantiqiy qadam bo'lishi mumkin.

Vensan Kompani


«Kanonirlar» uchun yana bir qiziqarli variant. 39 yoshli Kompani «Bavariya»da atigi ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan bo'lsa-da, hozirning o'zidayoq nemis grandi Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Agar sizda belgiyalikning Myunxendagi muvaffaqiyatli ishiga nisbatan shubha bo'lsa, Tomas Tuxelning yaqindagi tajribasini eslatish kifoya. Demak, har kim ham bunday katta klub bilan natijaga erisha olmaydi. Kompani Gvardiolaga o'rinbosar qidirayotgan «Manchester Siti»ning ham e'tiborida turibdi, ammo nega «kanonirlar» bu ambitsiyali murabbiy uchun harakat qilmasligi kerak?

Antonio Konte


«Arsenal» Artetani ishdan bo'shatmoqchi bo'layotganining asosiy sababi — chempionlikning yo'qligi. Klub APLdagi uchta kumush, ikkita Kubok va ikkita Angliya Superkubogini etarli ko'rsatkich emas deb hisoblaydi. Va agar «kanonirlar»ga «shu erda va hozir» chempionlik kerak bo'lsa, Antonio Konte buning uchun ideal variant. Italiyalik mutaxassis deyarli barcha klublarda birinchi mavsumdayoq natija beradi, muammolar esa keyinroq boshlanadi. Og'ir xarakter murabbiyga rahbariyat bilan til topishishga xalaqit beradi, lekin takrorlaymiz: agar «Arsenal»ga faqatgina sovrin kerak bo'lsa, Konte — ajoyib nomzod.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ