logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kubarsi: «Flik tashqaridan baqiroq ko'rinishi mumkin, lekin...»

 19 FEVRAL, 2026, 11:54

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Flik bizga doimo o'zligimizni yo'qotmaslikni va ishonch bilan o'ynashni aytadi. Tashqaridan qaraganda u ko'p baqiradigandek tuyulishi mumkin, ammo ichkarida u bizni har doim himoya qiladi va qo'llab-quvvatlaydi», — deya Kubarsining so'zlarini keltiradi Barça Universal.

Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarsi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Barselona» safarda «Jirona»ga mag'lub bo'ldi (1:2) va Ispaniya chempionatidagi peshqadamlikni boy berdi. 25-turda «ko'k-anorranglilar» o'z maydonida «Levante»ni qabul qiladi. Uchrashuv 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ