logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. "Milan" o'z uyida "Komo"ni yuta olmadi

 19 FEVRAL, 2026, 03:36

Italiya A Seriyasining 2025/2026 yilgi mavsumi, qoldirilgan 24-turidan o'rin olgan "Milan" va "Komo" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni bosh hakam Mauritsio Mariani boshqarib bordi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.

O'yinda hisobni Nikolas Pas ochdi. "Komo" yarim himoyachisi birinchi bo'limning 32-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'limning 64-daqiqasida esa milanliklar hujumchisi Rafael Leau hisobni tenglashtirdi.

Ayni damda "Milan" 54 ochko jamg'argan. 25 ta o'yindan so'ng jamoa A Seriya jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Inter"dan etti ochkoga ortda qolmoqda. "Komo" esa 42 ochko bilan 6-o'rinda joylashgan.

A Seriya. 24-tur
19.02.2026 | 00:45
«Juzeppe Meatstsa», Milan

«MILAN» — «KOMO» — 1:1

Gollar: Leau 64’ (1:1) — Pas 32’ (0:1).

«Milan»: Menyan, Tomori, Pavlovich (Gabbia, 46), de Vinter, Richchi (Fofana, 56), Modrich, Yashari, Bartesagi, Atekame (Salemakers, 56), Leau (Pulishich, 82), Nkunku (Fyullkrug, 62).

«Komo»: Byute, Diegu Karlos, Kempf, Ramon, Serji Roberto (Da Kunya, 79), Perrone, Voyvoda (Smolchich, 90), van der Brempt (Vale, 71), Kakere (Rodriges, 78), Baturina, Pas (Duvikas, 71).

Ogohlantirishlar: Leau (68), Salemakers (87) — Pas (53), Byute (63), Ramon (68).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ