logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "Nyukasl" Bokuda "Qorabog'"ni er tishlatdi

 19 FEVRAL, 2026, 01:00

Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichining ilk to'qnashuvi yakunlandi. Unda "Qorabog'" va "Nyukasl Yunayted" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Bokundagi "Tofiq Bahramov" stadionida o'tgan o'yinda ingliz klubi 6:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvni norvegiyalik bosh hakam Espen Eskos boshqarib bordi.

O'yinning uchinchi daqiqasidayoq Entoni Gordon hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. To'qqizinchi daqiqada Malik Tshau inglizlarning ustunligini ikki baravarga oshirdi. 32-daqiqada Gordon penaltini aniq amalga oshirib, dublini nishonlagan bo'lsa, 34-daqiqada xet-trik qayd etdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda (45+1) Entoni Gordon yana bir bor "nuqta"dan adashmadi va pokerni rasmiylashtirdi.

56-daqiqada Elvin Jafarquliev bitta javob to'pini kiritdi. Biroq 72-daqiqada Jeykob Myorfi mehmonlarning oltinchi golini urib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.

"Nyukasl Yunayted" va "Qorabog'" o'rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni "Sent-Jeyms Park" (Nyukasl-apon-Tayn) stadionida bo'lib o'tadi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Ozarbayjon jamoasi 10 ochko bilan 22-o'rinni, ingliz klubi esa 14 ochko bilan 12-o'rinni egallagan edi.

EChL. O'tish bosqichi. Dastlabki o'yin 

18.02.2026 | 22:45 Baku, «Tofiq Bahramov» nomidagi stadion

«QORABOG'» (Ozarbayjon) — «N'YuKASL YuNAYTED» (Angliya) — 1:6

Gollar: Gordon 3’ (0:1), Tshau 8’ (0:2), Gordon 32’-pen (0:3), Gordon 33’ (0:4), Gordon 45+1’-pen (0:5), Jafarguliev 54’ (1:5), Merfi 72’ (1:6).

«Qorabog'»: Koxalski, Mustafazade (Bolt, 22), Medina, Jafarguliev, Silva, Yankovich, Pedru Bikalyu, Montiel (Adday, 85), Zubir (Borjes, 85), Leandru Andrade (Guseynov, 46), Duran (Gurbanlii, 88).

«Nyukasl»: Poup, Tshau, Byorn, Xoll, Tripper (Joelinton, 77), Tonali, Uillok (Remsi, 68), Voltemade, Barns (Niv, 87), Elanga (Osula, 68), Gordon (Merfi, 68).

Ogohlantirish: Tshau (77).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ