logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Militaoning holati bo'yicha xabar berildi

 18 FEVRAL, 2026, 18:42

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao to'p bilan mashg'ulotlarni boshladi, deb xabar bermoqda Marca gazetasi.

Braziliyalik futbolchi dekabr oyi boshida "qirollik klubi" lazaretiga tushib qolgan edi. U Ispaniya chempionati doirasidagi "Selta"ga qarshi bahsda sonidan jarohat olgandi. Matbuotda Militaoning tiklanishi uchun taxminan to'rt oy vaqt ketishi xabar qilingan edi.

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 28 yoshli himoyachi "qirollik klubi" safida 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Braziliyalik futbolchi o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan, shuningdek, ikkita sariq kartochka olgan.

Himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ