logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius: «Bernabeu»da ko'rishamiz» (Foto)

 18 FEVRAL, 2026, 17:12

Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/16 finalining ilk uchrashuvida "Benfika"ni minimal hisobda mag'lub etdi. "Qaymoqranglilar" tarkibida yagona golni Vinisius kiritdi.

Braziliyalik futbolchi nafaqat gol muallifi, balki janjal sababchisiga ham aylandi. "Blankos" vingeri golni "Benfika"ning burchak bayroqchasi yonida provokatsion tarzda nishonladi. Bu esa portugal klubi o'yinchilariga ham, muxlislariga ham ma'qul kelmadi.

Ko'p o'tmay maydonda to'polon boshlandi va unda Vinisius "burgutlar" a'zosi Janluka Prestiannini irqchilikda aybladi. Hakam o'yinni to'xtatdi, ammo bahs baribir davom ettirildi.

Janjalga qaramay, braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o'sha provokatsion gol nishonlashi aks etgan suratni joylashtirdi va unga keskin xabar ilova qildi: "Bernabeuda ko'rishamiz".

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 fevralga o'tar kechasi Madridda bo'lib o'tadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ