logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donnarumma darvozabon uchun kerakli asosiy fazilatlarni aytdi

 18 FEVRAL, 2026, 16:30

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma posbon uchun eng muhim hisoblangan jihatlar haqida so'zlab berdi.

"Menimcha, darvozabon uchun eng muhimi — bor kuchini berish va gol o'tkazib yubormaslik. Ba'zida sog'lig'ingiz xavf ostida qolishi mumkin, ammo siz baribir to'p to'rga tushmasligi uchun qo'lingizdan kelgan barcha ishni qilasiz. Darvozabonlik ishida eng asosiysi — qo'rquvsiz o'ynash", — dedi 26 yoshli italiyalik futbolchi.

Janluiji Donnarumma o'tgan yilning sentyabr oyida "PSJ"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tdi va ingliz grandi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer "shaharliklar" uchun 30 mln evroga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ