logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike Safonovning o'tkazib yuborgan ikki goliga izoh berdi

 18 FEVRAL, 2026, 16:24

"PSJ" ustozi Luis Enrike Evropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan "Monako"ga qarshi birinchi pley-off o'yinidan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Parij jamoasi safarda 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

"Birinchi hujumdayoq mezbonlar gol urishdi. Shundan so'ng ular himoyamizni muvaffaqiyatli kesib o'tishda davom etishdi va ikkinchi golni tashkil qilishdi. Voqealarning bunday rivoji ishonchimizga putur etkazishi mumkin edi, ammo jamoa bardosh berdi va barchasini uddaladi. Og'ir damlarga qaramay, shogirdlarim o'zlariga bo'lgan ishonchni saqlab qolishdi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

"PSJ" va "Monako" o'rtasidagi javob bahsi 25 fevral kuni Parijdagi stadionda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ