logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Voltemade "Bavariya"ga o'tmoqchi

 18 FEVRAL, 2026, 15:12

"Nyukasl" forvardi Nik Voltemade vataniga qaytish niyatida. Bu haqda SPORT BILD xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli germaniyalik hujumchi Angliyada moslasha olmagan va so'nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygani uchun jamoadagi holatidan norozi. Ta'kidlanishicha, Voltemade "Shtutgart"ga qaytishni istamoqda.

"Qirqlar" tarkibida Voltamade barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 70 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ