logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Buruk: "Turkiya futboli tarixida unutilmas o'yin"

 18 FEVRAL, 2026, 14:48

"Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar Ligasi pley-offining dastlabki o'yinida "Yuventus" (5:2) ustidan qozonilgan ajoyib g'alabaga izoh berdi.

"Bu unutilmas o'yin bo'ldi - klubimiz tarixi uchun ham, turk futboli tarixi uchun ham. Raqib - juda katta klub, ammo biz juda yaxshi kurashdik. Barcha futbolchilarimni tabriklayman va ajoyib muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman.

Biz, ayniqsa, Evropaning top-klublariga qarshi o'yinlarda motivatsiyaga ega bo'lamiz va haqiqatan ham yuqori darajani ko'rsatamiz. Ammo biz favorit hisoblangan o'yinlarda hisobni oshirishimiz kerak. Bunga erishish uchun bizda kuch va salohiyat bor", - deya Burukning so'zlarini keltiradi UEFA.

Javob uchrashuvi 25 fevral kuni Turinda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ