Vinisius ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi
18 FEVRAL, 2026, 13:00
"Real" hujumchisi Vinisius Junior CHempionlar Ligasi 2025/26 pley-off birinchi o'yinida "Benfika"ga gol urdi.Vinisiusning CHempionlar Ligasidagi gollar soni endi 31 taga etdi. U braziliyaliklar orasida CHempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi bombardirlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Vinisius Kakani (30 gol) ortda qoldirdi va faqat Neymarga (43 gol) yutqazmoqda.
Manba: olamsport.com
