logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kivu: «Ular «Manchester Siti»ni mag'lub etishgan»

 18 FEVRAL, 2026, 12:54

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk to'qnashuvida Milanning «Inter» jamoasi safarda Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi bilan uchrashadi. «Neradzurri» bosh murabbiyi Kristian Kivu bo'lajak bahsdan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

«Gruh bosqichida yomon ishtirok etmadik, garchi to'g'ridan-to'g'ri eng kuchli 16 jamoa qatoriga kira olmagan bo'lsak-da. Bizga xavfli raqib to'qnash keladi. Ular bu mavsumda katta o'sishga erishishdi. «Budyo-Glimt» «Manchester Siti»ni mag'lub etgan edi. Raqibimiz hozirda juda kuchli ekanligini bilamiz», — deya mutaxassisning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirmoqda.

«Budyo-Glimt» — «Inter» uchrashuvi bugun, 18 fevral kuni Norvegiyada bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ