logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kovach: «Biz undan aynan shuni kutgandik»

 18 FEVRAL, 2026, 12:42

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk to'qnashuvida Dortmundning «Borussiya» klubi o'z maydonida «Atalanta» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Arilar» tarkibida Seru Girassi gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, mezbonlar ustozi Niko Kovach Gvineyalik hujumchining o'yinini baholadi.

«Seru gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Biz undan aynan shunday o'yin kutamiz. Girassi jamoadoshlari bilan ajoyib tarzda hamkorlik qildi», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.

«Atalanta» va Germaniya top-klubi o'rtasidagi javob bahsi kelasi hafta Bergamoda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ