logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Soboslai "Real"ga o'tadimi? Agent "Liverpul" yulduzining kelajagi borasidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

 18 FEVRAL, 2026, 11:00

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslaining agenti o'z mijozining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

So'nggi vaqtlarda mish-mishlar xavbekni Madridning "Real" klubiga o'tishi bilan bog'lamoqda.

"Jamoatchilik Dominikning o'yinlarini kuzatib, uning kelajakda qaerda bo'lishini muhokama qilishi mutlaqo tabiiy hol. Biz uchun bu mavzu hozir dolzarb emas. Mavsum ayni avjida, oldinda Premer-liga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida ko'p ish kutib turibdi. Menimcha, hozir yozda nima sodir bo'lishi haqida gapirish o'rinsiz. "Liverpul" – dunyodagi eng yirik klublardan biri, Soboslai bu erda muhim rol o'ynamoqda, shuning uchun biz hech narsa qidirayotganimiz yo'q", – deya ingliz OAVlari 25 yoshli futbolchi vakilining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Joriy mavsumda Dominik Soboslai "qizillar" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol va ettita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ