Maxachevning murabbiyi Islam Oq uydagi turnirda Topuriya bilan jang qilishi mumkinligi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi
18 FEVRAL, 2026, 10:16
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining Oq uydagi turnirda qatnashishi mumkinligiga munosabat bildirdi."Menimcha, Islam Maxachev va Iliya Topuriya jangini Oq Uyda ko'rish ehtimoli unchalik katta emas. CHunki o'sha kun uchun Jastin Getji va Iliya o'rtasidagi jang ko'proq mos keladi. Ularga amerikalik jangchi kerak, Jastin esa yaqinda Peddi Pimblett ustidan g'alaba qozondi, shuning uchun bu mantiqiy bo'lardi.
Menimcha, Kamaru Usman va Islam jangi — yagona variant. Kuzatamiz, tez orada kard rasman elon qilinishi kerak!", deydi Mendes.

Manba: olamsport.com
