logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Haqiqiy etakchi yo'q": Jeymi Karrager "Arsenal"ning chempionlik yo'lidagi eng zaif nuqtasini aytdi

 17 FEVRAL, 2026, 23:30

"Liverpul"ning afsonaviy himoyachisi, hozirda Britaniya televideniesida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager "Arsenal"ning joriy mavsumda APLda g'olib chiqishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan asosiy omilni aytdi.

"Menimcha, "Arsenal" futbolchilarida mentalitet ajoyib, biroq muammo hujumdagi yulduzlarning etishmasligida bo'lishi mumkin. Bu ularga chempionlik uchun poygada qimmatga tushish ehtimoli bor. "Arsenal"ga qaraganimda, ularda hujum chizig'ida haqiqiy etakchini ko'rmayapman. Hozirda hamma "Arsenal"ni APLning eng yaxshi jamoasi deb hisoblamoqda, ammo "Manchester Siti" bunday vaziyatlardan oldin ham o'tgan va kerakli tajribaga ega", — dedi Karrager.

Qayd etish joizki, 26 ta turdan so'ng "Arsenal" 57 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ