logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kalulu «Inter» bilan o'yindagi chetlatish sababli bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

 17 FEVRAL, 2026, 18:30

«Yuventus» himoyachisi Per Kalulu A Seriyaning 25-turi doirasidagi «Inter»ga qarshi bahsda qizil kartochka olgani uchun bitta uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Milanliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinning 42-daqiqasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Fabio Mirettining noaniq uzatmasidan so'ng, Kalulu Alessandro Bastonining oyog'iga zarba berishiga bir baxya qoldi. «Nerradzurri» futbolchisi kontakt bo'lgandek simulyatsiya ishlatib, maydonga yiqildi. Bosh hakam Federiko La Penna esa «Yuventus» himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, uni maydondan chetlatdi. Bastoni ushbu qarorni gol urgan kabi ko'tarinki ruhda nishonladi.

Sport sudyasi Jerardo Mastrandrea frantsuz futbolchisining bir o'yinlik diskvalifikatsiyasini tasdiqladi. Shu tariqa, Kalulu 21 fevral kuni bo'lib o'tadigan «Komo»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ