logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal tana harorati yuqori bo'lishiga qaramay «Barselona» uchun maydonga tushdi

 17 FEVRAL, 2026, 18:30

Dushanba kuni La Liga doirasida «Barselona» safarda «Jirona» mehmoni bo'ldi. «Ko'k-anorranglilar» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va tur yakunlariga ko'ra peshqadamlikni qo'ldan chiqarishdi — endi jadval tepasida «Barselona»dan ikki ochko ko'p jamg'argan «Real» bormoqda.

The Touchline nashrining Cadena SER radiosiga tayanib xabar berishicha, vinger Lamin Yamal tana harorati yuqori bo'lishiga qaramay «Jirona»ga qarshi bahsda ishtirok etgan. Yamal maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Endi «Barselona» Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Levante»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'radi. O'yin yakshanba, 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ