"O'zimni go'daklarni urayotgandek his qilyapman" - Dana Uayt boks biznesidagi raqobat haqida
17 FEVRAL, 2026, 17:48
UFC bosh direktori Dana Uayt o'zining Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasi ostida boks kechalarini yo'lga qo'yayotgani haqida fikr bildirdi.Uaytning aytishicha, raqobatchilar tomonidan zaif qarshilik bo'lishi uni hayratga solgan.
"Hech qanday qarshilik bo'lmadi. Buning hammasi go'daklarni urishga o'xshaydi. O'zimni xuddi go'daklarni urishga kelgandek his qilyapman. Men ko'proq narsani kutgandim. Ko'proq qarshilik kutgandim. Ular ko'proq raqobatchi bo'lishini kutgandim.
Ularning barchasi o'z darajasiga mutlaqo mos kelmaydi. Mutlaqo. Men hatto biroz shokdaman", — dedi Dana Uayt matbuot anjumanida.
Manba: olamsport.com
