logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" Norvegiyadagi muhim bahs oldidan ikki etakchisini yo'qotdi

 17 FEVRAL, 2026, 17:12

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi safar o'yini oldidan jarohatlanganlar ro'yxatini to'ldirdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Frattezining tana harorati ko'tarilgan. Shuningdek, bir oylik tanaffusdan so'ng yaqindagina safga qaytgan uning jamoadoshi Xakan Chalxano'g'li ham maydonga tushmaydi. Turkiyalik futbolchida mushak toliqishi aniqlangan. Har ikki futbolchi Italiyada qoladigan bo'ldi.

«Inter» va «Budyo-Glimt» o'rtasidagi uchrashuv 18 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Kristian Kivu shogirdlari musobaqaning umumiy bosqichini 10-o'rinda yakunlagan bo'lsa, ularning raqiblari 23-o'rinni egallagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ