logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Palladino Dortmunddagi o'yin haqida: «Barchamiz zavq olishimiz kerak»

 17 FEVRAL, 2026, 17:06

Italiyaning «Atalanta» jamoasi bosh murabbiyi Raffaele Palladino Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bo'lib o'tadigan safar o'yini haqida fikr bildirdi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo'lib o'tadi.

«Ushbu sport turi va bu kasb insonga aql bovar qilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Ikki kundan beri ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rar ekanman, adrenalin ta'siridaman. Yigitlar ham maydonga tushishni intizorlik bilan kutishmoqda. Men juda xursandman va kuchga to'laman, barchamiz bundan zavq olishimiz kerak», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, murabbiy Dortmunddagi kabi ajoyib muxlislarning tribunalarda bo'lishi o'yinga yanada ko'proq joziba bag'ishlashini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (18 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ