logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar qaysi holatda JCh-2026ga chaqirilishi ma'lum bo'ldi

 17 FEVRAL, 2026, 13:42

Braziliya futbol federatsiyasidagi UOL manbalariga ko'ra, terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni faqatgina uning jismoniy holati a'lo darajada bo'lgan taqdirdagina tarkibga chaqirishga tayyor.

Xabar qilinishicha, italiyalik mutaxassis birinchi navbatda futbolchining hozirgi sport formasi va yuqori saviyadagi o'yinlarga tayyorligiga e'tibor qaratadi. Shu bilan birga, manbalar Anchelottining Neymarga nisbatan alohida xayrixohligi (simpatiyasi) yo'qligini ta'kidlashmoqda. Shu sababli, chaqiruv bo'yicha qaror faqatgina sport omillariga asoslanadi.

Eslatib o'tamiz, kelayotgan yozda Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Kechagina Neymar jarohatidan so'ng 2026 yildagi ilk o'yinini «Santos» safida o'tkazdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ