logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Buni qabul qilish qiyin": Zinchenko og'ir jarohatidan so'ng ilk bor muxlislarga murojaat qildi

 17 FEVRAL, 2026, 12:18

Amsterdamning "Ayaks" klubida to'p surayotgan ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko olgan jiddiy jarohatidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi.

"Vayron bo'ldim. Bu gaplar miyamga sig'mayapti, bo'lgan voqeani qabul qilish juda qiyin. Juda afsusdaman, lekin bu bizga bog'liq emas ekan. Men yangi sinovni qabul qildim va bundan o'taman. Yanada kuchli bo'lib qaytaman", — deb yozib qoldirgan futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

29 yoshli himoyachi qishki transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubidan Niderlandiya grandi safiga ko'chib o'tgan edi. Aleksandrning "Ayaks" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ